Toshkent shahridagi Oliy ta’lim muassasalarining barcha Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti yetakchilari ishtirokida uchrashuv bo’lib o’tdi
Yoshlar oyligi munosabati bilan Toshkent farmatsevtika institutida Toshkent shahridagi Oliy ta’lim muassasalarining barcha Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti yetakchilari ishtirokida Respublika manaviyat va ma’rifat markazidan kelgan mutaxassislar tomonidan 5 ta tashabbus bo’yicha master klass o’quv seminari o’tkazildi. Yig’lishda yangi o’quv yilida talabalarni Yoshlar kelajagimiz davlat dasturi bo’yicha kichik bizneslarini rivojlantirish va shartnoma pulini 35% to’lab berishda amaliy yordam berish haqida aytildi.Shuningdek talabalarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishuchun yangi dastur asosida band etish chora tadbirlari hususida ham to’xtalib o’tildi. Uchrashuv davomida Toshkent Irrigatsiya institutining Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti yetakchisi Akmal Berdimurodov mavzu yuzasidan o’z fikr va takliflarini bildirdi.
Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova