Ramazon xayiti munosabati bilan “Xayir – exson” xaftaligi o‘tkazilmoqda

08.06.2019, 14:41 Yangiliklar, Без рубрики 2211

2019-yil 7-iyun kuni Ramazon xayiti munosabati bilan “Xayir – exson” xaftaligi o‘tkazildi. Institutimiz Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Barnoxon Boltayeva, qo‘mita a’zolari, Ijtimoiy fanlar kafedrasi professor – o‘qituvchilari, iqtidorli talabalar hamda Tillar kafedrasi mudiri Saodat Tuychieva Zangiota tumanida joylashgan “Toshkent viloyat 1-son bolalar sil kasalliklari sanatoriyasiga” tashrif buyurdilar. Tadbir davomida Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Barnoxon Boltaeva talaba-yoshlarda shukronalik hissini uyg‘otish maqsadida ularga sog`liqlariga alohida e’tibor berish zarurligi hususida, sog`lom turmush tarziga e`tibor  hususida gapirib o‘tdilar.

Tadbirni Toshkent viloyat 1-son bolalar sil kasalliklari sanatoriyasi rahbariyati, institut Xotin-qizlar qo‘mitasi hamda ijtimoiy fanlar kafedrasi tashabbusi bilan tashkil etildi. Ramazon xayiti munosabati bilan bolajonlarga sovg‘a-salomlar berib yuborildi.

     

     

Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Barnoxon Boltayeva