Toshkent farmatsevtika institutining bir guruh kafedra mudirlari “Sankt-Piterburg davlat kimyo-farmatsevtika universiteti”ga tashrifi

21.05.2019, 16:06 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2014

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida kadrlar tayyorlashning ma’no-mazmunini tubdan yangilash, xalqaro standartlar darajasida oliy malakali mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratishga doir muhim masalalar belgilangan.  Prezidentimizning joriy yil 20 apreldagi «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi, 5 maydagi «O‘zbekiston Respublikasida tibbiy ta’lim tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi hamda 27 iyuldagi «Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida samarali ishlar amalga oshirilayotir.

Toshkent farmatsevtika institutida jahonning yetakchi ilmiy-ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalari rivojlantirilib, o‘quv jarayoniga ilg‘or pedagogik texnologiyalar, o‘quv dasturlari va o‘quv-uslubiy materiallari keng joriy qilinmoqda. Shuningdek, o‘quv-pedagogik faoliyatga, malaka oshirish kurslariga xorijdagi ta’lim muassasalaridan yuqori malakali o‘qituvchilar va olimlarni faol jalb qilish, magistrant, yosh o‘qituvchi va ilmiy xodimlarning xorijiy ta’lim va ilmiy muassasalarda amaliyot o‘tashini, professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirishni tashkil qilish ishlari boshlab yuborilgan.  Mana shunday hamkorlikdagi tadbir joriy yilning may oyida amalga oshirilmoqda. Jumladan, 2019 yil 21 may kuni  Toshkent farmatsevtika institutning bir guruh kafedra mudirlari: “Farmatsevtika ishini tashkil qilish” kafedrasi mudiri Sh.Z Umarova,  “Dori vositalarini standartlashtirish va sifat menejmenti” kefedrasi mudiri F.S. Jalilov, “Tibbiy va biologik fanlar” kafedrasi mudiri X.O. Nuralieva, “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi  mudiri  K.Q.Ismailov, “Toksikologik kimyo” kafedrasi mudiri Z.U. Usmanalieva, “Biotexnologiya” kafedrasi mudiri X.T.Zairova, “Koordinatsion birikmalar va biologik moddalarni farmako-toksikologik taxlil” laboratoriyasi mudiri S. A. Saidovlar “Sankt – Piterburg davlat kimyo- farmatsevtika universiteti”ga tashrifi bo‘lib o‘tmoqda. Bugungi hamkorlikdagi olib borilgan tadbirlarda universitet moddiy – texnik bazasi, o‘quv jarayonlari, ta’lim sifati, o‘quv adabiyotlari, o‘quv mashg‘ulotlari bilan yaqindan tanishildi. Bu kabi hamkorlikdagi tadbirlar yana davom etmoqda.

     

     

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi