Dars mashg‘ulotlarini tegishli joylarda sayyor o‘tkazilishi joriy etildi

15.05.2019, 17:00 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2014

Keyingi yillarda mamlakatimizda ta’lim-tarbiyaga jiddiy e’tibor qaratilayotgani, avvalo, ota-onalarni, soha xodimlarini g‘oyat mamnun qilmoqda. Yoshlar ta’lim tarbiyayasiga e’tibor qaratilar ekan ertangi kunga bo‘lgan ishonch va kelajak avlodning barkamol shaxs bo‘lib voyaga yetishlarida dasturamal bo‘lib xizmat qiladi. Shu maqsadda barcha ta’lim muassasalalarida yoshlarni o‘z sohasining yetuk mutaxassislari bo‘lib shakllanishlariga alohida e’tibor qaratilib kelinmoqda. Shu maqsadda   Oliy va o‘rta ta’lim vazirligining  2019 yil 13 apreldagi “Oliy ta’lim muassasalarida dars mashg‘ulotlarini mavzular bo‘yicha tegishli joylarda sayyor o‘tkazilishini ta’minlash to‘g‘risida” №340-sonli buyrug‘ining 3-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent farmatsevtika institutida dars mashg‘ulotlarini tegishli joylarda sayyor o‘tkazilishi joriy etildi.

Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida 2019 yil 14-15 may kunlari institut Tibbiy va biologik fanlar kafedrasi tashabbusi bilan  O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Botanika instituti huzuridagi akademik F.N.Rusanov nomidagi Toshkent botanika bog‘ida  Ekologiya fanidan  “Tuprok o‘z-o‘zini tozalash jarayonining ahamiyati, tuproq muhofazasi” mavzusidagi amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. O‘tkazilgan sayyor mashg‘ulotlar talabalarda katta taassurot qoldirdi va mavzu yuzasidan ko‘plab ma’lumotlarni egallashlariga erishildi. Bu kabi amaliy mashg‘ulotlar sport, ijtimoiy fanlar doirasida ham amalga oshirilmoqda.

     

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Nigora Ashurova