“Sport – sog‘lom turmush tarzi garovi”
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 15 apreldagi bayoniga (23.04.2019 y., №14-14/1-7712) asosan hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 30 apreldagi 87-04-866-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 2 may kuni 368-sonli buyruq ishlab chiqildi va imzolandi. Buyruqqa asosan Toshkent farmasevtika institutida 2019 yil 1 – 8 may kunlari institut hududida joylashgan futbol maydonida 9 may – “Xotira va qadrlash kuni”ga bag‘ishlangan institut birinchiligi musobaqasida o‘tkazildi. Musobaqada 18 ta futbol terma jamoalari ishtirok etdi va final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Ushbu musobaqa juda kesqish kurashlar ostida bo‘lib, musobaqa natijalariga ko‘ra 1 – o‘rinni “Zafar” futbol jamoasi, 2 – o‘rinni “Farm 101” futbol jamoasi va 3- o‘rinni “King Farm” futbol jamoalari egalladilar. G‘olib va sovrindor jamoalarga musobaqaning bosh sovrini “Xotira kubogi” esdalik sovg‘asi, medal va diplomlar taqdim etildi.
Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Nigora Ashurova