Professor unvoni muborak bo’lsin
Bugungi kunda Toshkent farmatsevtika institutida ko‘plab o‘qituvchilar o‘z faoliyatlarini yuritib kelmoqda. Ular orasida professor-olimlar talaygina. Ular qatoridan yana bir ustozimiz ham o‘rin egalladilar. Bu Toshkent farmatsevtika institutining Tibbiy va bioligik fanlar kafedrasi dotsenti Abzalov Akmal Abzalovich. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va attestatsiya komissiyasi Toshkent farmatsevtika institutidagi ilmiy kengash tavsiyasiga ko‘ra Akmal Abzalovichga 2019 – yil 30 – aprel kuni “O‘simliklar fiziologiyasi va biokimyo ixtisosligi” bo‘yicha 261/1-sonli bayonnomaga asoslanib “Professor”ilmiy unvoni taqdim etildi.
Institut rahbariyati nomidan mazkur unvon bilan Akmal Abzalovni muborakbod etamiz!
Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova