Dori vositalarini standartlashtirish va sifat menejmenti kafedrasining va S.Q.Islombekov nomidagi “O’ZKIMYOFARM” xususiy korxonasi bilan o’zaro hamkorlik aloqalari
Dori vositalarini standartlashtirish va sifat menejmenti kafedrasi xodimlari birgalikda sanoat farmatsiya fakulteti sanoat farmatsiya yo’nalishi 1 kurs 103 va 108 guruh talabalari va amaliyot rahbarlari N.M.Vaxidova hamda Sh.X.Yuldashevalar bilan birgalikda «Dori vositalarini sifatini ta’minlash va boshqarish» fani tanishuv amaliyotini “O’ZKIMYOFARM” xususiy korxona bazasida o’tashdi. Talabalar Dori vositalarini sifatini ta’minlash va boshqarish bo’limlari ish faoliyati bilan tanishish imkoniyatiga ega bo’lishdi. Shuningdek sanoat farmatsiyasi yo’nalishi talabalari o’zlari uchun qiziqarli ma’lumotlarni olishdi. Talabalar tanishuv amaliyoti o’z sohalarini chuqurroq tushunishga imkon yaratganini ta’kidlashdi. Bu uchun korxona raxbariyatiga DVS va SM kafedrasi xodimlari o’z minnatdorchiligini bildiradi.
Dori vositalarini standartlashtirish va sifat menejmenti kafedrasi