Janubiy Qozog‘iston Tibbiyot  akademiyasi  va  ToshFarmI Biotexnologiya kafedrasi orasida  halqaro hamkorlik rishtalarini mustahkamlash va tajriba almashinish ishlari jadal olib borilmoqda.

02.05.2019, 16:12 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2220

Janubiy Qozog‘iston Tibbiyot  akademiyasi Farmatsevtik ishlab chiqarish texnologiyasi kafedrasi dotsenti Maxatov Jaksylyk Baumanovich ToshFarmI Biotexnologiya kafedrasiga xalqaro hamkorlik rishtalarini mustahkamlash, tajriba almashinish maqsadida tashrif buyurdi. Biotexnologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari  tomonidan Farmatsevtik biotexnologiya fanidan ma’ruza matnlari, taqdimotlar, fan va ishchi dasturlar, fanlarni o‘qitishda qo‘llaniladigan pedagogik texnologiyalar, o‘quv adabiyotlarining elektron versiyalari taqdim etildi, kelajakda hamkorlikda o‘quv adabiyotlarini yaratish, talabalarning malakaviy amaliyoti, professor-o‘qituvchilarning akademik mobilligi masalalari muhokama etildi.

     

Biotexnologiya kafedrasi