O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqshi uchun “Biometrik” passport joriy etilgani hamda odam savdosini olidin olish”mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi
Bugungi kunga kelib asrimizning jiddiy muammosiga aylangan odam savdosiga qarshi kurash xalqaro, mintaqaviy, ko‘p va ikki tomonlama munosabatlarni talab etmoqda. Hozirga qadar jinoyatchilikning ushbu turiga qarshi kurashish va uning oldini olish maqsadida Birlashgan Millatlar Tashkilotining bir qator xalqaro tavsiyaviy va majburiy xarakterga ega hujjatlari qabul qilingan bo‘lib, ular doirasida ushbu xavfga qarshi dunyo miqyosida tegishli chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Dunyo bo‘ylab keng qamrovli faoliyat, tegishli targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilishiga qaramay, har yili millionlab insonlar “zamonaviy qullik”, ya’ni odam savdosi qurboniga aylanmoqda. Ular orasida ayollar, keksalar, hatto yosh bolalar ham borligi achinarli. Ushbu jinoyatning rivojlanishiga turtki bo‘layotgan asosiy omillardan biri odamlarning chet elga borishi va ishga joylashishi haqida yetarli ma’lumotga ega emasligidir. Bunday muammolarni yechimini topish maqsadida yurtimizda ko‘plab targ‘ibot va tashviqot ishlari olib borilmoqda. Buni misolida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish tizimini yaratish hamda O‘zbekiston Respublikasi Biometrik pasport tizimini modernizatsiya qilishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4079-sonli qarorini keltirshimiz mumkin. Mazkur qarorga asoslangan holda “Biometrik passport” tashkil etilgani hamda odam savdosiga qarshi kurashishni talabalar o‘rtasida targ‘ib qilish uchun 2019 yil 1 may kuni Toshkent farmatsevtika institutida soat 14.00 da ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Mazkur tadbirga soha mutaxassislari jalb etildi. Jumladan, Toshkent shaxar IIB migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi katta inspektori Roziqov Murod Ismatullaevich “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqshi uchun “Biometrik” passport”ni joriy etilishi” hususida, Toshkent shaxar IIB migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi inspektori Usmanov Akmal “Odam savdosini olidin olish” kabi mavzularda tushunchalar berdilar. Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan mutaxassislarga murojaat etib kerakli ma’lumotlarni oldilar.
Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova