“Kitob” aksiyasi

24.04.2019, 15:08 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2801

Kitob – insonning erkin fikrlashi, dunyo qarashining kengayishi, aqlan yetuk bo‘lishi, ma’naviyatining shakllanishida asosiy o‘rinni egallaydi. Kitob o‘qigan insonning aqli charxlanib, ma’naviyati boyib yetuklik sari ildamlayveradi. Kitob – bilim bulog‘i. Bu buloqdan bahra olmagan inson johillikka yuz  tutadi. Jamiyatda kitobxonlik qay darajada keng ommalashgan bo‘lsa, ziyoli ahli shunchalik ko‘p bo‘ladi, o‘z navbatida bu joyda umuminsoniy qadriyatlar barqaror turmush tarziga aylanadi.

Shuningdek “Yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishda madaniyat, san’at, sport, axborot  texnologiyalari, kitob o‘qishga qiziqishni oshirish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni amalga oshirish to‘g‘risida”gi  O’zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2019 yil  19-martda o’tkazilgan  videoselektor  majlisining 12-sonli bayon qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining  23 apreldagi 8-8-8/534-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent farmatsevtika institutining rahbar hodimlari, barcha kafedra mudirlari institutga biriktirilgan maktablarga tashrif buyurib o‘quvchilarga ko‘plab kitoblar taqdim etib mazkur aksiyaga o‘z xissalarini qo‘shmoqdalar.

     

     

Institut  matbuot kotibi N.L.Usmanova