“Karaganda davlat tibbiyot universiteti bilan xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish va tajriba almashish”
Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagog kadrlarni tayyorlash bo‘limi va Dori turlari texnologiyasi kafedrasi professor o‘qituvchilari boshchiligida Karaganda davlat tibbiyot universiteti professori f.f.d Abdullabekova Raisa Musilmanbekovna bilan ilmiy seminar trening bo‘lib o‘tdi. Seminarda “Разработка состава и технологии лекарственных форм для местного применения на основе углекислотного экстракта из травы Сcолиоса очролеуcа Л.” mavzusida ma’ruza qildilar. Bundan tashqari Karaganda davlat tibbiyot universiteti va u yerda olib borilaetgan ilmiy ishlar haqida doktorantlar bilan suxbatlashildi. Doktorantlar o‘zlarining ilmiy yo‘nalishlari bo‘yicha Abdullabekova Raisa Musilmanbekovnaga savollar berdilar.
Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va
ilmiy pedagog kadrlarni tayyorlash bo‘limi