“Yoshlarni Mehnat va bandlikga  jalb etish”

23.04.2019, 16:48 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2480

Mamlakatimizda barkamol avlodni shakllantirish, yoshlarni ma’naviy-ahloqiy va jismonan sog‘lom etib tarbiyalash, ularni olib borilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisiga aylantirishga qaratilgan chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda.

Jumladan, maktabgacha ta’limning zamonaviy tizimi, 11 yillik umumiy o‘rta ta’lim joriy qilinmoqda, zamonaviy oliy ta’lim muassasalari hamda nufuzli xorijiy universitetlarning filiallari tashkil etilmoqda.

Yoshlarning bandligini ta’minlash va ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish bo‘yicha ishlarni mutlaqo yangi tizim asosida tashkil etish va amalga oshirish maqsadida «Yoshlar — kelajagimiz» Davlat dasturi qabul qilindi.

Yoshlar bilan doimiy muloqot qilish mazkur sohadagi dolzarb muammolarni aniqlash va hal etishda davlat organlari va jamoat tashkilotlari faoliyatining ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Shu o‘rinda Oliy ta’lim muassasalarida “Yoshlarni Mehnat va bandlikga  jalb etish” mavzularida davra suhbatlari, tadbirlar tashkil etib kelinmoqda. Jumladan, 2019 yil 23 aprel kuni soat 12.00 da  Toshkent farmatsevtika institutining katta faollar zalida “Mehnat va bandlik sohasidagi asos bo‘luvchi prinsplar  va huuquqlarga rioya qilish masalalari” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirni institut o‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha prorektori Z.A.Yuldashev kirish so‘zi bilan ochib berdi. O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi davlat mehnat inspeksiyasining bosh mutaxassisi Qarshiev Laziz “Mehnat va bandlik sohasidagi asos bo‘luvchi prinsplar  va huuquqlarga rioya qilish masalalari”, Mirobod tumani IIO  FMB voyaga yetmaganlar inspektori Ermatov Xusan “Yoshlarni mehnat va bandlikga jalb etish” mavzularida talabalarga ma’ruza o‘qidilar. Tadbir yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi, institut tarbiyachi pedagogi, fakultet dekanlari tomonidan tashkil etildi. Tadbirda jami 200 nafar  talabalarning ishtiroki ta’minlandi.

     

     

     

Institut  matbuot kotibi N.L.Usmanova