O’sh Davlat Universiteti talabalarining Toshkent farmatsevtika institutiga tashrifi
2019 yil 8 aprel kuni Memorandum asosida Qirg’iziston Respublikasi O’sh Davlat universitetidan 2 bosqich farmatsiya fakultetining 6 nafar talabasi Toshkent farmatsevtika institutiga tashrif buyurdi.
Talabalar bilan tanishish maqsadida Institut rektori, professor I.I.Alimdjanov, o’quv va tarbiyaviy ishlar bo’yicha prorektor Z.A.Yuldashev va farmatsiya fakulteti dekani v.v.b. A.A.Nurmuhamedov bilan uchrashuv tashkil qilindi. Uchrashuvda instituti rektori 2ta OTMsi o’rtasida hamkorlikni mustahkamlash maqsadida kelajakda talabalar almashinuvini oshirilishi haqida gapirib o’tdi. Talabalar 10 kun davomida institutda ta’lim olishlari uchun farmatsiya fakulteti 2 bosqich rus guruhlariga taqsimlandi. O’sh davlat universiteti talabalariga institutning o’quv jarayoni va ijtimoiy hayoti bilan tanishtirish, darslardan keyin va dam olish kunlari Toshkent shahri bo’ylab sayohat uyushtirish rejalashtirildi.
Xalqaro hamkorlik bo’limi