Toshkent farmatsevtika institutiga Rossiya Federatsiyasining Gumanitar hamkorlik uyushmasi vakillari tashrifi
2019-yil 3-aprel kuni Rossiya Federatsiyasining Gumanitar hamkorlik uyushmasidan Jukov Sergey Yevgenevich va uyushmaning O‘zbekiston Respublikasidagi vakili Xon Oksana Toshkent farmasevtika institutiga tashrif buyurishdi. Gumanitar hamkorlik uyushmasining tashrifidan maqsad bakalavr, magistratura bosqichida o‘qishni xohlovchi talaba-yoshlarni o‘zlarining xohlagan yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga kirish uchun nufuzli Rossiya Federatsiyasining OTMlarida ta’lim olishda amaliy yordam berishni taklif etdi. Bu uyushma Rossiyaning 30 ta OTMlar bilan hamkorlik o‘rnatgan bo‘lib, unda kunduzgi, kechki va masofaviy talim turlari mavjud. Bu yoshlarga Oliy talim darajasining turli hil mutaxassisliklarni , aspirantura, magistratura, kasbiy qayta tayyorlash va malaka oshirish dasturlari bo‘yicha rus tilida o‘rganish imkonini beradi.
Uyushma haqida qo‘shimcha ma’lumotni www.rustudent.org saytidan olishingiz mumkin.
Xalqaro bo’lim