Toshkent farmatsevtika institutining talabalar turar joyi talabalarini jalb etgan holda yig‘lish tashkil etildi.
2019 yil 30 mart kuni soat 16.00 Toshkent farmatsevtika institutining katta faollar zalida talabalar turar joyi talabalarini jalb etgan holda yig‘lish tashkil etildi. Yig‘ilishni institutning o‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha prorektor Z.A.Yuldashev ochib berdi va Toshkent farmasevtika instituti Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan farmasevtika sohasidagi oliy ta’lim muassasidir. Institut talabalar turar joyi, undagi sharoitlar, shu kungacha talabalarning munosabati haqida to‘xtalib o‘tdi.Shuningdek majlis davomida Z.A.Yuldashev kun tartibiga qo‘yilgan masalalar yuzasidan talabalar o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib bordi. Shu bilan birga institut talabalar turar joyiga mas’ul mutassaddisi X.Ilxomov ham o‘rtaga qo‘yilgan masalalar yuzasidan ma’ruza qildi. Ma’ruza davomida odob-ahloq qoidalari, institutning ichki-tartib va intizomi haqida to‘htalib, talabalarga yaratilgan sharoitlardan oqilona foydalanish jumladan, xonalar, seksiyalar, qavatlar, oshxona, hojatxona hamda dushlarni ozoda saqlash, navbatchilik jadvali asosida navbatchilik o‘tkazish, shanba va yakshanba kunlari o‘zaro hamjixatlikda hashar tashkil etish kerakligini ta’kidladi.
Instiut tarbiyachi-pedagogi N.Yusupova ham so‘zga chiqib, talabalarni ijtimoiy intellektni, ekologik madaniyat va ahloqiy qadriyatlarni rivojlantirish yuzasidan tushuntirish ishlarini olib bordi:
– Davlatimiz tomonidan yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar kundan-kunga ortib bormoqda. Siz yoshlar shu imkoniyatlardan oqilona foydalanib, intellektual salohiyatingizni oshirib borish davr talabiga aylanib bormoqda. Chunki kelajak yoshlarning qo‘lida. Har qanday soha ehtiyoji intullektul salohiyatli, ingliz va rus tillarida muloqotga chiqa oladigan yetuk mutaxassis talab etmoqda. Shunday ekan har kunimizni g‘aimat bilib darslarda faol qatnashishingiz, ko‘proq badiiy, ilmiy va ommabop kitoblar mutolaa qilishingiz, bo‘sh vaqtdan unumli foydalanishingiz lozim. Albatta ta’lim olishimiz kerak shu bilan birga tarbiya ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa hozirda yoshlarga yetishmayotgan xislat bu – ekologik madaniyatdir. Mamlakatimizni gullab yashnashi uchun, yaratilayotgan sharoitlarni asrab avaylashimiz yerning bir qarichini ham ozoda saqlashimiz lozim- deya so‘zladi o‘z nutqida N.Yusupova.
Shuningdek yig‘ilish davomida talabalarni hozirda qiynayotgan muammolar yuzasidan ham suhbatlashildi.
Intitut matbuot kotibi N.L.Usmanova