E’lon! “O‘zbekiston yurt haqida kuylaydi!”

29.03.2019, 15:52 E'lonlar 2260

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2018 yil  1 noyabrdagi “Xalqaro baxshichilik san’ati festivalini o‘tkazish to‘g‘risida”gi  PQ-3990-son qaroriga muvofiq joriy yilning  5-10 aprel kunlari Surxandaryo viloyati Termiz  shahrida “Xalqaro baxshichilik  san’ati festivali” o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Shu munosabat bilan  “O‘zbekiston yurt haqida kuylaydi!” shiori ostida xalqona chellendj o‘tkazilmoqda.

Hurmatli institutimiz professor-o‘qituvchilari va talabalari! Sizdan #bakhshi  xeshtegini ommalashtirishda tashabbus ko‘rsatishingizni so‘raymiz.

Institut matbuot kotibi  N.L.Usmanova