“Sof  Islom targ‘iboti”

14.03.2019, 12:33 Yangiliklar 2463

Davlatimiz tomonidan ezgulik va oliyjanob fazilatlarga undovchi dinning ravnaqi uchun keng imtiyozlar yaratib berildi. Hur diyorimiz musulmonlari mustaqillik sharoitida erkin nafas olayotganliklari buning yaqqol dalilidir. Mamlakatimizda e’tiqod erkinligi Bosh qonunimizda kafolatlab qo‘yildi.  Yurtimizda ayni paytda turli millat va din vakillari o‘rtasida o‘zaro do‘stlik, hamjihatlik, totuvlik va mo‘tadillik muhiti shakllandi. Yurtimizda xilma-xil diniy e’tiqodga ega bo‘lganlarning bir zaminda ezgu niyatlar yo‘lida hamkor va hamjihat yashashligi – diniy bag‘rikenglik hamda huquqiy tenglikning yorqin namunasidir.

Shu o‘rinda 2019 yil 13  mart kuni soat 14.00 da Toshkent farmasevtika institutining kichik  faollar zalida “Talabalar o‘rtasida sof islomning targ‘iboti” kabi mavzularda ma’naviy ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Bundan ko‘zlangan maqsad   bugungi va ertangi hayotimizni belgilab beradigan, barcha ezgu orzu-intilishlarimizni amaliy hayot jabhasida ro‘yobga chiqaradigan har tomonlama yetuk kadrlar tayyorlash masalasida qilinayotgan ishlarning miqyosi va salmog‘i ko‘tarish  hamda  yoshlarga, ularni sog‘lom va barkamol qilib tarbiyalashga bo‘lgan e’tiborning  Diniy ta’lim muassasalarida talabalar  ona vatanimizning porloq kelajagini qurishda o‘z hissalarini qo‘shish, ulug‘ bobokalonlarimiz ishlarini davom ettirish, sof islom ta’limotini targ‘ib qilish, milliy va diniy qadriyatlarimizni jahon afkor ommasiga tanitishlik uchun ham diniy, ham dunyoviy ilmlarni g‘ayrat bilan o‘rganishdir. Tadbirda Mirobod  tumani  otinoyisi adabiyotshunos olim Mirzajonova Marhabo Ismailovna, O‘zbekiston xalqaro islom  akademiyasi hodimi Botirov Boburmirzo Mirodiljon o‘g‘li talabalarga mavzular yuzasidan ma’ruzalar o‘qidi. Mazkur tadbir yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat  va ma’rifat  bo‘limi va fakultet dekanlari tomonidan tashkillashtirildi.

     

     

     

Institut  matbuot  kotibi N.L.Usmanova