FITQ kafedrasi assistentlari 1-Respublika tibbiyot kollejida o‘tkazgan “Master klass”  xususida

05.03.2019, 17:59 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2408

2019-yil 28-fevral kuni FITQ kafedrasi assistentlari D.A.Nazirova va  N.X.Rajabovalar 1-Respublika tibbiyot kolleji farmatsiya yo‘nalishi 2-kurs,  224- guruh talabalari va o‘qituvchi Zuparova Saboxat Asamjanovna,   hamkorlik bo‘yicha mas’ul xodim Sobiralieva Munisa Rixsievna ishtirokida “Master klass” o‘tkazishdi.

Assistent N.X.Rajabova Toshkent farmatsevtika instituti va Farmatsevtika ishini tashkil qilish kafedrasi haqida qisqacha ma’lumot berdi. So‘ngra “Farmatsevtika ishini tashkil qilish va dorixona ishini yuritish”  mavzusida, Nazirova D.A. Farmatsevtika iqtisodiyoti fanidan “Mehnat va ish haqining hisobi” mavzularida  master klass  o‘tkazib berishdi. O‘quvchilar juda qiziqish bilan darsga faol qatnashishdi va o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

     

     

FITQ kafedrasi mudiri                             SH.Z.Umarova