Jahon andozalariga  mos ta’lim  muassasiga aylantirishning o‘ziga xos tamoyili.

25.02.2019, 14:28 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2186

Keyingi yillarda mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlariga hamda xalqaro standartlar talablariga mos keladigan oliy ta’lim tizimini yaratish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan 2019 yilning 25 fevral kuni soat 09:00 da Toshkent farmasevtika instituti rektori tomonidan rahbar xodimlar, bo‘lim boshliqlari ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi. Muloqot jarayonida institut tartib qoidalari, talabalarning davomati, rahbar va ishchi hodimlarning  kasbiga bo‘lgan mas’uliyati uni yanada kuchaytirishi, talabalar o‘rtasida ma’naviy muhitni yanada takomillashtirish choralari hususida to‘xtalib o‘tildi. Shu bilan bir qatorda Sankt-Peterburg Davlat kimyo-farmasevtika  universitetining  Biokimyo kafedrasi mudiri, biologiya fanlari doktori, professor Nadejda Vasilevna Kirilova  tomonidan o‘tilgan «Biokimyo» fanidan  «Nukleoprotein» mavzusidagi onlayn  tarzdagi ma’ruza va bunday onlayn ma’ruzalarni yanada ko‘p o‘tkazish hususida ta’kidlandi.  Shuningdek yaqinlashib kelayotgan aziz va mo‘tabar ayollarimiz bayrami “8 mart xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan turli tadbirlar,davra suhbatlari,institut faxriylariga hamda sitqi-dildan mehnat qilib kelayotgan ayollarimizga rahbariyat tomonidan fahriy yorliqlar, turli sovg‘alar taqdim etilishi rejalashtirildi. Shuningdek 2019 yilning 28 fevral kuni institut hududida  yangi qurilgan ma’ruzallar zalining ochilish  marosimini o‘tkazish rejalashtirildi va unga tayyorgarlik ko‘rish uchun mas’ul hodimlarga vazifalar yuklatildi.

      

Institut  matbuot kotibi

N.L.Usmanova