Toshkent farmasevtika institutida Sankt-Peterburg Davlat kimyo-farmasevtika universiteti bilan «Nukleoproteinlar» mavzusida onlayn tizimda ma’ruza o‘tkazildi.
Halqaro hamkorlik shartnomasining ijrosi yuzasidan 2019 yil 22 fevralda Toshkent farmasevtika institutida Sankt-Peterburg Davlat kimyo-farmasevtika universitetining Biokimyo kafedrasi mudiri, biologiya fanlari doktori, professor Nadejda Vasilevna Kirilova tomonidan «Biokimyo» fanidan «Nukleoproteinlar» mavzusida onlayn tizimda ma’ruza o‘tkazildi. Onlayn-ma’ruzada Farmatsiya ta’lim yunalishi 3-kurs talabalari, Organik va biologik kimyo kafedrasi xamda Biotexnologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi.
O’quv bo’limi