Institutning o’quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha prorektori Z.A.Yuldashev farmatsiya fakulteti 5 kurs talabalari o‘rtasida ochiq muloqot tashkil etdi.
Toshkent farmatsevtika institutida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda Toshkent farmasevtika instituti rektori va prorektorlarining talabalar bilan o‘tkazadigan ochiq muloqotlar jadvaliga muvofiq 2019 yil 14-fevral kuni soat: 14-00 da institut katta faollar zalida institut o’quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha prorektori Z.A.Yuldoshev bilan Farmatsiya fakulteti 5 kurs talabalari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasini 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasi maqsad va vazifalarini talaba-yoshlar o‘rtasida targ‘ib qilishga bag‘ishlab ochiq muloqot tashkil etildi. Muloqot jarayonida institut o’quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha Z.A.Yuldoshev mavzuga oid ma’lumotlar berib o‘tdi va talabalarning fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashildi. Shuningdek, muloqot jarayonida talabalarning davomati, o‘zlashtirish ko‘rsatgichlari, farmasevtika mutaxassislari oldiga qo‘yilgan talablar xususida to‘xtalib davomati past talabalarga chora ko‘rilishi ta’kidlandi. Yig‘lish davomida o’quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha prorektori Z.A.Yuldoshev bugungi kundagi asosiy maqsadlarimizdan biri Xalqaro reytingdagi institutlar qatoriga kirish va bu uchun barchamiz o‘z xissamizni qo‘shmog‘imiz lozimligi aytildi.
Mazkur yig‘ilishda jami ishtirokchilar soni 200 nafarni tashkil etdi.
Institut matbuot kotibi
N.L.Usmanova