Bitiruvchilar va abiturientlar diqqatiga!

11.02.2019, 11:05 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2191

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil  10-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasida O‘lcham birliklarini qo‘llash to‘g‘risida”gi 21-son qaroriga muvofiq respublikamizda qo‘llashga ruxsat berilgan Xalqaro o‘lchamlar tizimi “SI” ning o‘lcham birliklari nomi va belgilanishini o‘quv, o‘quv-metodik va turli ma’lumotlar beradigan yordamchi adabiyotlarda qo‘llash nazarda tutilgan.

Davlat test markazi mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yil oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul test  topshiriqlari bazasini shakllantirish jarayonida qo‘llaniladigan o‘lcham birliklariga qarorga muvofiq tegishli o‘zgartirishlar kiritmoqda.

Masalan, uzunlik o‘lchov birligi santimetrning qisqacha belgilanishi sm  qarorga muvofiq cm ko‘rinishida qo‘llaniladi.

Qaror bilan kiritilgan o‘zgarishlarning ayrimlarini keltirib o‘tamiz:

santimetr – sm – cm;

gektar – ga – ha;

ar – ar – a;

massaning atom birligi – m.a.b – u;

millimetr simob ustuni – mm.simob.ustuni – mm Hg;

soat – soat – h;

sutka – kun – d;

kilovat-soat – kW-soat – kW-h;

amper-soat – A-soat – A-h.

Barcha bitiruvchilar va abiturientlar mazkur o‘zgarishlardan xabardor bo‘lishlari lozim. Batafsil ma’lumotni Davlat test markazidan olish mumkin.

Institut matbuot kotibi

N.L.Usmanova