Talabadan 600 ming so‘m olgan dekan o‘rinbosari qo‘lga tushdi

09.02.2019, 22:01 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2488

Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Toshkent davlat agrar universiteti dekan o‘rinbosari universitetning 2-bosqich talabasidan uni yakuniy imtihonlarga kirishiga ruxsat berish evaziga 600 ming so‘m olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Bundan tashqari, “zamdekan” muntazam ravishda dars soatlarini qoldirgan 11 nafar talabani imtihonlarga kirishlariga ruxsat berishi evaziga olgan jami 4,6 mln. so‘m pul mablag‘larini ixtiyoriy ravishda taqdim qilgan.

Institut matbuot kotibi

N.L.Usmanova