“Tayyor dori turlari texnologiyasi” fanidan “Kapsulalar tarixi, ta’rifi, tavsifi va tasnifi. Ularni tayyorlash texnologiyasi” mavusidagi ochiq ma’ruza mashg‘uloti o‘tkazildi.

04.02.2019, 17:06 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2409

Farmatsiya fakulteti,  farmatsiya yo‘nalishi 4 kurs 410 guruh talabalariga 2019 yil 1 fevral soat 1000da Dori vositalarining sanoat texnologiyasi kafedrasi dotsenti O.R.Raximovaning 107-auditoriyada “Tayyor dori turlari texnologiyasi” fanidan “Kapsulalar tarixi, ta’rifi, tavsifi va tasnifi. Ularni tayyorlash texnologiyasi” mavusidagi ochiq ma’ruza mashg‘uloti o‘tkazildi. Ma’ruzada kapsulalar tarixi, ta’rifi, tavsifi va tasnifi. Ularni korxonada tayyorlash texnologiyasi bilan tanishtirildi. Korxonada qo‘llaniladigan asbob-uskunalar, kapsulyatorlar va ularning ishchi qismlari to‘g‘risida ma’lumot berildi. Ochiq ma’ruza aqliy xujum va “BBB” pedagogik texnologiya usullaridan foydalanilgan holda o‘qildi. Darsda axborot kommunikatsion texnologiyalar va videoroliklardan foydalanildi. Ushbu mavzu bo‘yicha qiziqarli munozaralar va savol-javoblar bo‘ldi.