“Dori turlari texnologiyasi” kafedrasi  o‘qituvchilari TTJda “Sog’lom turmush tarzi-yuksak ta’lim-tarbiya asosi” mavzusida suhbat uyushtirdilar.

23.01.2019, 09:34 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2086

   2018 yil 22 yanvar kuni  Dori turlari texnologiyasi kafedrasi professor-o’qituvchilari talaba yoshlar  o’rtasida  sog’lom turmushni targ’ib qilish maqsadida  “Sog’lom turmush tarzi-yuksak ta’lim-tarbiya asosi” mavzusida davra suhbatini uyushtirdilar. Suhbat davomida zararli odatlar va ularning inson organizmiga ta’siri haqida tushunchalar berish jarayonida asosiy masalalarga e’tibor qaratildi. Ya’ni zararli odatlarga berilishni oldini olish bo’yicha chekish, spirtli ichimlik is’temol qilish, giyohvandlikni ro’y berishi va avj olishi, giyohvandni psixik jihatdan tubanlikka yuz tutishi, uni oldini olish, profilaktika ishlari, salbiy xususiyatlarni bartaraf etish chora-tadbirlari haqida ma’lumot berildi. Talabalarga kun tartibini ishlab chiqishda jismoniy mehnatni to’g’ri taqsimlanishi, tartibli ovqatlanish, vaqtida uxlash, ochiq havoda sayr qilish, sport bilan muntazam shug’ullanish kerakligi  aytib o’tildi.

     

Kafedra mudiri, prof.            Yo.S.Kariyeva