“Kiyinish madaniyati”, “Sharqona oila madaniyati”, “Sharqona odob ahloq”, “Sog‘lom turmush tarzini yuritish”, “Sog‘lom oila qurish”, “Sog‘lom farzandni dunyoga keltirish” kabi mavzularda davra suhbati o‘tkazildi.

18.01.2019, 16:06 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2902

2019-yilning 17-yanvar kuni  Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi B.X.Boltaeva, Institut tarbiyachi pedagogi N.Yusupova, Psixolog S.Azlarova tomonidan institutimizning Talabalar turar joyida istiqomat qiladigan talaba-qizlar orasida “Kiyinish madaniyati”, “Sharqona oila madaniyati”, “Sharqona odob ahloq”, “Sog‘lom turmush tarzini yuritish”, “Sog‘lom oila qurish”, “Sog‘lom farzandni dunyoga keltirish” kabi mavzularda davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbatida talaba-qizlarimizga institut tartib qoidalariga rioya qilish, nizomda ko‘rsatilgan libosda institut hududida yurish, sochlarni tartibga solish, odob – ahloq qoidalari, momala madaniyati haqida gapirib o‘tildi. Qizlarning sharmu hayo, ibo, iffat singari o‘zbekona odob-axloq qoidalari asosida tarbiyalanganliklari ularning kiyimlarida, yurish-turishida, muomalasida namoyon bo‘lishi gapirib o‘tildi, bu esa ota-onalariga doimo rahmatlar olib kelishi, g‘ururlanib yurishlariga sabab bo‘lishi uqtirib o‘tildi.  SHu o‘rinda qizlarimizga bizning qadim –qadimdan urf-odat bo‘lib kelgan, millatimiz tomonidan qadrlanadigan sharqona – odobimiz, sharqona mentalitetimizga asoslanib kiyinish va o‘zini tutish qoidalariga rioya qilish zarurligi hususida gapirib o‘tildi. Tadbir davomida talaba-qizlarimiz o‘zlarining qiziqishlari, ichki kechinmalari, qizlar orasidagi o‘zaro munosabatlari haqida gapirib o‘tishdi. Suhbat qiziqarli savol-javoblar bilan boyitildi. Tadbir Talabalar turar joyidagi ma’naviyat honasida o‘tkazildi. Tadbirda talabalar turar joyida istiqomat qiladigan barcha talaba-qizlarning ishtiroki ta’minlandi.