Toshkent Farmatsevtika institutiga Xitoy Xalq Respublikasidan Delegatsiya tashrif buyurdi.

11.01.2019, 12:04 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2294

2019 yil 9 yanvar kuni Toshkent Farmatsevtika institutiga Xitoy Xalq Respublikasidan Delegatsiya tashrif buyurdi. Delegatsiya a’zolari bilan Toshkent Farmatsevtika instituti o‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha prorektori Z.A.Yuldashev, ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor N.S.Normaxamatovlar, xamda magistratura bo‘limi boshlig‘i Sh.F.Iskandarova, farmasevtlar malakasini oshirish fakulteti dekani v.b U.J.Akromov va xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i v.b A.I.Mamasolievlar ishtirokida institut kichik faollar zalida muzokaralar o‘tkazildi. Muzokarada Xitoy Delegatsiyasi tomonidan  Wu Zhendou -An’anaviy xitoy tibbiyoti bo‘yicha Davlat boshqarmasi Xalqaro xamkorlik bo‘limi direktor o‘rinbosari, Ms. Zhang Xinxia -An’anaviy xitoy tibbiyoti bo‘yicha Davlat boshqarmasi kadrlar va ta’lim bo‘limi direktor o‘rinbosari , szyansi viloyati An’anaviy xitoy tibbiyoti universiteti partiya kotibi Chen Mingren va Tadqiqotlar markazi direktor o‘rinbosari Zhong Guoyue, «Beizhong Yilin Pharm Tech Co.Ltd» kompaniyasi boshqaruv raisi Lin Xuerong va boshqalar ishtirok etdilar.

Delegatsiya tashrifining asosiy maqsadi –tadqiqot va xarakat dasturlari saloxiyatini oshirish, farmasevtika soxasidagi ikki tomonlama xamkorlikni yanada mustaxkamlash.

Muzokaralar mobaynida delegantlar institut tuzilmasi va strategik yo‘nalishlari bilan tanishtirildi.

Muzokaralar yakunida Toshkent Farmatsevtika instituti va szyansi An’anaviy xitoy tibbiyoti universiteti o‘rtasida aloqalarni yanada mustaxkamlash maqsadida kelishuv memorandumini imzolashga kelishib olindi.