O‘ZBEKISTONDA “FARMATSEVTLAR ASSOTSIATSIYASI” tashkil etildi.
Ma’lumki, halqimiz salomatligini mustahkamlash, aholini sifatli va arzon dori vositalari bilan ta’minlash Prezidentimizning doimiy e’tiborida bo‘lib kelmoqda.
Davlatimiz rahbari mamlakatimiz hududlariga tashrifi chog‘ida ham sohadagi ahvol bilan bevosita yaqindan tanishdi. Tibbiy xizmatlar ko‘lami va sifatini oshirishga qaratilgan 30 ga yaqin farmon va qaror qabul qilindi. O‘zbeksiton Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 fevraldagi “Farmatsevtika tarmog‘ini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3532-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’mnlash maqsadida bir qator amaliy ishlar olib borildi. Shular jumlasiga, Toshkent farmatsevtika instituti rahbariyatining sa’iy harakatlari bilan “O‘zbekiston farmatsevtlari assotsiatsiyasi”ning tashkil etilganligini qayd etishimiz mumkin.
Assotsiatsiyaning tashkil etilishidan asosiy maqsad – Respublika farmasevtlarini birlashtirish, farmatsevtika sohasidagi ishlab chikarish jarayoni, aholini dori vositalari bilan ta’minlash muammolarini xamkorlikda hal etish, klinitsistlar va klinik farmakologlardagi muammolarni global jarayoninig qo‘shgan holda yechish va innovatsion ishlarni tashkil qilishdan iboratdir.
O‘zbekiston farmatsevtlar assotsiatsiyasiga 2018 yil 26 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Nodavlat Notijirat tashkilotining Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi 860-sonli guvohnomasi taqdim etildi va assosatsiya nizomi ishlab chiqildi.
Nizom 8 bo‘limdan iborat bo‘lib unda assosatsiyaning umumiy qoidalari,maqsad va vazifalari, huquq va majburiyatlari belgilab olingan.
Intsitut matbuot kotibi N.L.Usmanova