“Buyuk adib va jamoat arbobi Chingiz Aytmatov tavalludining 90 yilligi” bag’ishlangan ARM xodimlari tamonidan tadbir bo‘lib o‘tdi.

21.12.2018, 12:18 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2485

Yaxshi asarlar hamisha o‘quvchi ko‘nglidan chuqur joy oladi, sevib o‘qiladi va yillar o‘tsada o‘z jozibasini yo‘qotmaydi. Atoqli qirg‘iz va o‘zbek yozuvchisi Chingiz Aytmatovning “Jamila” qissasi ham ana shunday bir o‘qishda ko‘ngildan joy oladigan  asarlardan biridir.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning shu yil 2 apreldagi “Buyuk adib va jamoat arbobi Chingiz Aytmatov tavalludining 90 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq ARMda adibning e’ng sara asarlarini,  ARM xodimlari va talabalar bilan birgalikda o‘qib tahlil qilish yuzasidan 21.12.2018 yil tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda ARM mudiri F.N.Xolmuratova, Xizmat ko‘rsatish bo‘limi mudiri B.H.Sotvoldieva kutubxonachi D.Abdullaeva va 1-kurs farmatsiya yo‘nalishining 105-“B” guruhi talabalari ishtirok e’tishdi. Adibning chet davlatlarida 40 dan ortiq tillarga tarjima qilingan “Jamila” qissasi ko‘pchilikka manzur bo‘lgan asralardan biridir. Asarda ikkinchi jahon urushi yillarida bir oilaga kelin bo‘lib tushgan Jamila ismli ayol kechmishi voqealari tasvirlangan.

1-kurs talabasi Mahmudov Zarifjon ushbu qissani mustaqil o‘qib, asardan anglashilgan g‘oyani o‘z tushunganlari asosida tasvirlab berdi. Asarda kechgan voqealar hech bir kitobhonni befarq qoldirmasligi bilan o‘quvchilarni jalb qiladi. Abdug‘affarov Muxtor qissa qahramoni Jamila obraziga tavsif berishini so‘radi. Mahmudov Zarifjon Jamila portretiga harakteristika berdi. Abdusamatov Jaloliddin e’sa Jamila yashagan davr qiyinchiliklari, qahramonimizning bu qiyinchiliklarga bosh e’gmasligi to‘g‘risida mulohaza bildirdi. Yana Isroilov Shahboz, Davlatov Samandar, Ko‘chimov Sanjar, Bo‘riev Sharof, Abdullaev Davron, Fathullaev Mahmud kabi faol talabalar ham ushbu qissa haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdilar. Tadbir talabalar o‘rtasida qiziqarli savol-javoblar bilan davom e’tdi. Bunday kechalar bilimga chanqoq o‘quvchi-talabalarni nafaqat bilimlarini oshirishga, balki badiiy ARM Chingiz Aytmatovning “Jamila” qissasini o‘qishni  tavsiya qiladi.