“Talabaning shaxsiy va akademik yutuqlarini rivojlantirish” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi.

15.12.2018, 16:15 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2340

2018-yil 15-dekabr kuni soat 13-30da institut kichik faollar zalida DVS va SM kafedrasi professor-o‘qituvchilari va talabalar o‘rtasida “Talabaning shaxsiy va akademik yutuqlarini rivojlantirish mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bosh yuristkonsulti Iminov Umidjon Murodjonovich ishtirok etdi. Tadbirni DVS va SM kafedrasi dotsenti Iminova Inoyatxon Miliyevna kirish so‘zi bilan ochib berdi va o‘tkazilayotgan tadbirning mazmun-mohiyati haqida to‘xtalib o‘tdi.

     

Shundan so‘ng DVS va SM kafedrasi mudiri F.S.Jalilov tomonidan tadbir ishtirokchisi tanishtirib o‘tildi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bosh yuristkonsulti Iminov Umidjon Murodjonovich “Individual qobiliyatlarni shakllantirish va ularni amaliyotda qo‘llash” mavzusida ma’ruza qildi.

     

Ma’ruza talabalar bilan diskussiya-muloqot tarzida o‘qildi. Ma’ruzadan so‘ng talabalar o‘zlarinini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

     

Tadbirda Sanoat farmatsiyasi fakulteti dekan muovini A.Rajapov, DVS va SM kafedrasi professor-o‘qituvchilaridan kafedra mudiri F.S.Jalilov, dotsent I.M.Iminova v.b., jami 40 nafar talabalarning ishtiroki ta’minlandi.

     

DVS va SM kafedrasi