Hamkorlik aloqalari masofaviy ta’lim orqali.

06.12.2018, 16:38 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2292

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida” 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-son Qarorida oily ta’lim tizimini kelgusida kompleks rivojlantirishning eng muhim vazifalari beligilangan bo’lib, har bir oily ta’lim muassasasi jahonning yetakchi ilmiy-ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari o’rnatish, ta’lim sifatini oshirish maqsadida o’quv jarayoniga xorijiy va respublikadagi turdosh hamkor ta’lim muassasalaridan yuqori malakali mutaxasislarni jalb qilish kabi bandlar mavjud. Ushbu qarorning ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon davlat tibbiyot instituti «Tillar, pedagogika va psixologiya» kafedrasi Toshkent farmatsevtika instituti «Tillar» kafedrasining «Ingliz tili»  hamda “Lotin tili va farmatsevtik terminologiya” fanlari professor-o’qituvchilari bilan ma’sofaviy ta’lim tizimini birinchi bor yo’lga qo’ygan holda on-line tarzda farmatsiya fakulteti 1 va 2-bosqich talabalari o’rtasida 2018-yilning 4-5-dekabr kunlari amaliy mashg’ulotlar o’tkazildi. On-line amaliy mashg’ulotni 4-dekabr kuni  Toshkent farmatsevtikainstituti «Tillar» kafedrasining «Ingliz tili» fani o’qituvchisi Xilola Maqsudova va Andijon davlat tibbiyot instituti «Tillar, pedagogika va psixologiya» kafedrasining katta o’qituvchisi N.A.Mamatovalar “Classification of Plants” mavzusi bo’yicha  va 5- dekabr kuni Toshkent farmatsevtika instituti «Tillar» kafedrasining kata o’qituvchisi N.Suyndikov “III turlanishda otlar sredniy rod” mavzularida vidiodarslar o’tkazishdi. Amaliy mashg’ulotda Andijon davlat tibbiyot institutidan «Tillar, pedagogika va psixologiya» kafedrasining mudiri, dotsent L.S.Hudayberdiyeva, “Farmatsiya” yo’nalishi mas’uli dotsent Z.A.Ergasheva, o’quv bo’limi boshlig’i dotsent G.U.Nazarova va Toshkent farmatsevtika institutidan sanoat farmatsiyasi dekani X.Sh.Ilxomov, «Tillar» kafedrasi mudiri dotsent S.Tuychiyeva, dotsent M.Toshxonov,  katta o’qituvchilar D.Xudoyqulova, Sh.Matyusupova, o’qituvshilar F.Shirinova, Sh.Temirovalar qatnashishdi.

 S.Tuychiyeva