“Giyohvandlikka qarshi kurash – barchaning burchi”, “Zalolatga eltuvchi yo‘l” mavzularida ochiq muloqot
Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga hilof ravishda muomala qilish inson sog‘lig‘i va xavfsizligiga jiddiy tahdid soladi, respublikadagi kriminogen vaziyatga, jamiyatning iqtisodiy va madaniy negiziga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, ko‘pincha u uyushgan jinoyatchilik bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi. Ayniqsa, bu jinoyatlarning voyaga yetmaganlar orasida tarqalganligi katta xavf tug‘diradi. Giyohvandlik oqibatida ko‘plab og‘ir jinoyatlar sodir etilmoqda, oilalar barbod bo‘lmoqda. Ro‘yxatga olingan giyohvandlar soni ortmoqda. Narkotik moddalarning noqonuniy savdosi va giyohvandlik dunyo miqyosidagi eng dolzarb muammolardan biridir. BMT ma’lumotiga ko‘ra, dunyo miqyosida har yili giyohvandlikka chalingan 200 mingdan ortiq kishi hayotdan bevaqt ko‘z yumadi. Shu bois narkotik vositalar kontrabandasi va noqonuniy savdosiga qarshi kurashish xalqaro ahamiyatga molik masala hisoblanadi. Mamlakatimizda giyohvandlikning oldini olish, unga qarshi kurashish borasida zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Narkobiznesga qarshi kurashishda BMTning Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish to‘g‘risidagi konvebnsiyasi muhim o‘rin tutadi. Bunday jinoyatchilikni oldini olish maqsadida yurtimizda ko‘plab tadbirlar, oliy ta’lim muasssasalarida talabalar o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
2018 yil 29 noyabr kuni Toshkent farmasevtika institutining katta faollar zalida sanoat farmatsiyasi fakultetining 2-kurs talabalari o‘rtasida “Giyohvandlikka qarshi kurashish – barchaning burchi”, “Zalolatga eltuvchi yo‘l” mavzularida ochiq muloqot tashkil etildi. Tadbirni institutning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori O.I.Xudoyberdiyev kirish so‘zi bilan ochib berdi.
Mazkur yig‘ilishga Toshkent shahar Ichki Ishlar Bosh Boshqarmasi hodimlari tashrif buyurdilar.
Toshkent shahar Ichki Ishlar Bosh Boshqarmasi, Jinoyat Qidiruv Boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, polkovnik, Djengaziev Yusufjon Osmanovich “Zalolatga eltuvchi yo‘l”, Toshkent shahar Ichki Ishlar Bosh Boshqarmasi Jinoyat Qidiruv Boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, podpolkovnik Ahmedov Sayfullo Nigmatovich “Giyohvandlikka qarshi kurashish – barchaning burchi”, mavzularida talabalarga ma’ruzalar o‘qishdi. Tadbirda 200 ga yaqin talaba ishtirok etdi.
Institut matbuot kotibi
N.L.Usmanova