Shahram G‘iyosovga “Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi” ko‘krak nishoni topshirildi

29.11.2018, 17:53 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2458

Ushbu mukofotni Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiev topshirdi.

Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiev Olimpiya o‘yinlari sovrindori, havaskor boksda jahon chempioni Shahram G‘iyosovga xalqaro musobaqalardagi va professional boksdagi g‘alabalari hamda yurtimizda sportni ommalashtirish yo‘lidagi sa’y-harakatlari uchun «Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi» ko‘krak nishonini topshirdi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Xabaringiz bor, Shahram G‘iyosov joriy yilning 25 noyabr kuni Amerika Qo‘shma Shtatlarining Atlantik-Siti shahrida bo‘lib o‘tgan professional boks kechasida navbatdagi raqibi meksikalik tajribali bokschi Migel Zamudioni ilk raunddayoq mag‘lub etgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 2016 yil Braziliyaning «Rio-de-Janeyro»da bo‘lib o‘tgan yozgi Olimpiada o‘yinlarining boks musobaqasida kumush medalni qo‘lga kiritgan Shahram G‘iyosov bugungi kungacha professional boksda 6 ta jang o‘tkazgan va ularning barchasida g‘alaba qozongan, u 5 ta bahsni muddatidan oldin yakunlay olgan.

O‘zA​

Institut matbuot kotibi               N.L.Usmanova