Inson huquqlari bo‘yicha Osiyo forumi kun tartibidagi masalalar nimalardan iborat?

23.11.2018, 12:13 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2105

2-KUN. Samarqand shahrida davom etayotgan Inson huquqlari bo‘yicha Osiyo forumining 23-noyabrda tashkil etiladigan yalpi majlisi bu boradagi xalqaro tajriba va amaliyot muhokamasiga bag‘ishlanadi.

Inson huquqlarini to‘laqonli ta’minlashda milliy institutlarning davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan inson manfaatini himoya qilish, unga rioya etilishini ta’minlashdagi o‘zaro hamkorligi muhim ahamiyatga ega.

Samarqand shahrida davom etayotgan Inson huquqlari bo‘yicha Osiyo forumining 23-noyabrda tashkil etiladigan yalpi majlisi bu boradagi xalqaro tajriba va amaliyot muhokamasiga bag‘ishlanadi.

Unda Inson huquqlari bo‘yicha Mo‘g‘uliston milliy komissiyasi bosh komissari Yamsran Byambadorj, Qirg‘iziston Ombudsmani Tokon Mamitov, Inson huquqlari bo‘yicha Indoneziya milliy komissiyasi raisi Ahmad Taufan Damanik, Inson huquqlari bo‘yicha Oman sultonligi qo‘mitasi a’zosi Is’hoq bin Jumma al-Xarusiylar ma’ruza qiladi.

Institut matbuot kotibi

N.L.Usmanova