“YO‘L XARITASI” da belgilangan “Yosh targ‘ibotchi “ guruhi o‘rtasida yig‘ilish tashkil etildi.
Toshkent farmasevtika institutining ma’naviy-ma’rifiy, madaniy va sport-sog‘lomlashtirish ishlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha 2018 yil noyabr-dekabr hamda 2019 yil yanvar oylariga mo‘ljallangan “YO‘L XARITASI” da belgilangan “Yosh targ‘ibotchi “ guruhi o‘rtasida yig‘ilish tashkil etildi. Mazkur yig‘ilish 2018 yil 21 noyabr kuni soat 11:20 da katta faollar zalida bo‘lib o‘tdi. Yig‘lishni ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor O.I.Xudoyberdiev kirish so‘zi bilan ochib berdi va mavzu yuzasidan fikrlarini bildirdi. Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i N.X.Ashurova “Yosh targ‘ibotchi” guruhi tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan masalalar yuzasidan ma’lumotlar beridi. Institut tarbiyachi-pedagogi N.E.Yusupova “Talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida olib boriladigan amaliy ishlar” yuzasidan ma’lumot va takliflar berdi.
Shuningdek 2018 yil noyabr-dekabr hamda 2019 yil yanvar oylariga mo‘ljallangan “YO‘L XARITASI” da belgilangan vazifalar yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar belgilab olindi.
Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova