Shayxontohur tumanidagi 41-sonli  umumta’lim maktab o‘quvchilarining  Toshkent farmasevtika institutiga tashrifi.

21.11.2018, 17:55 Institut yangiliklari, Yangiliklar 3058

Prezidentimiz rahnamoligida navqiron avlodning har tomonlama barkamol  ulg‘ayishi, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta o‘zlashtirishi, iste’dod va salohiyatini namoyon etishi uchun barcha sharoit yaratilmoqda.  O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonuni bu borada muhim dastur bo‘lib kelmoqda.  Yoshlarga oid  davlat siyosatining amalga oshirilishi samarasida mahalliy hokimliklar, huquqni muhofaza qilish idoralari, jamoat tashkilotlari, mahalla va oilalar hamkorligi yanada mustahkamlanmoqda. Ayniqsa, yoshlarni o‘quvchilik davridan boshlab kasb-hunarga yo‘naltirish, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini yuksaltirishda bu muhim ahamiyat kasb etadi.

     

Shu maqsadda 2018 yil 20 noyabr kuni Shayxontohur tumani, Mannon Uyg‘ur ko‘chasida joylashgan 41-sonli  umumta’lim maktabining 10-11 sinf o‘quvchilari Toshkent farmasevtika institutiga tashrif buyurdilar. Ular kelajakda mazkur institutga hujjat topshirib ushbu sohaning yetuk mutaxassisi bo‘lishni oldilariga maqsad qilgan o‘quvchi yoshlardir.

     

Toshkent farmasevtika instituti rektori I.I.Alimdjanov, ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor O.I.Xudoyberdiev, murabbiylar kengashi raisi N.S.Salimsakova, yoshlar bilan ishlash,ma’naviyat va ma’rifat bo‘lim boshlig‘i N.X.Ashurova,ilmiy va innovatsion ishlar bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i N.Farmonova, institut tarbiyachi-pedagogi N.E.Yusupovalar ishtirokida o‘quvchi yoshlarni kasbga yo‘naltirish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. Jumladan, institut faoliyati, fakultetlar, kirish imtihonlari, yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar xususida ma’lumotlar berildi. Bitiruvchi yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan savollarga institut rahbariyati tomonidan kerakli javoblarni oldilar. Shuningdek institut rahbariyati tomonidan o‘quvchilarga turli hil badiiy kitoblar taqdim etildi.

     

O‘quvchilarni institut tarbiyachi-pedagogi N.Yusupova  institut muzeyi, kafedralar, labaratoriya xonalari, sinov amaliyoti uchun parvarish qilinayotgan xayvonlar va texnik jixozlar  bilan tanishtirib chiqdi. Shundan so‘ng koordinatsion birikmalar sintezi biologik faol moddalar farmako-toksikologik tahlil labaratoriyasi bilan o‘quvchilarni yaqindan tanishtirib faoliyati xususida ma’lumotlar berildi.

    

Institut matbuot kotibi  N.L.Usmanova