Oliy ta’lim muassasalarida qishloq xo‘jaligi sohasi bo‘yicha qabul kvotalari ikki barobar oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 20 noyabrda “Issiqxona komplekslarini rivojlantirish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorda 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab quyidagi ixtisoslik yo‘nalishlarida oliy ta’lim muassasalariga bakalavrlar tayyorlash yuzasidan qabul kvotalarini kamida ikki barobar oshirish ko‘zda tutilgan:
- “Issiqxona xo‘jaliklarini tashkil etish va yuritish”;
- “Agrokimyo va agrotuproqshunoslik”;
- “O‘simliklarni himoya qilish”.
Mazkur Qarorda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda bu borada tegishli takliflarni kiritishi belgilangan.
Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova