E’lon! CEFR imtihoni: o’tkazilish tartibi, to’lov va O’zbekistonda qayerda topshiriladi?
CEFR — Common European Framework of Reference imtihoni Yevropa Ittifoqida foydalaniladigan chet tilini egallaganlik daraja tizimi (chet tilini egallanganlikning Umumevropa kompetensiyasi). Imtihon Yevropa Kengashi tomonidan “Language Learning for European Citizenship” loyihasi doirasida 1989-1996-yillarda ishlab chiqilgan. CEFRning asosiy maqsadi – umumiy Yevropa tillari uchun qabul qilinadigan baholash va oʻqitish usulini taqdim etish. 2001-yildan boshlab Yevropa Ittifoqi imtihondan til bilish kompetensiyasining milliy tizimini yaratishda CEFRdan foydalanishni taklif etdi. Bugungi kunda sinov sertifikati AQSH, Kanada, Avstraliya, Yevropa, Osiyo oliy oʻquv yurtlarida oʻqish uchun topshiriladi. CEFR haqida qisqacha: Til –ingliz, nemis, fransuz tili; Tashkilotchi – Yevropa Kengashi (Council of Europe); Rasmiy sayt – https://www.coe.int; Imtihon haqi – 2018-yilning 1-noyabridan sertifikat – 304 095 soʻm; Davomiyligi – 3 soat 5 daqiqa – 3 soat 50 daqiqa; Baholanishi – 150 ballik tizim; Oʻzbekistonda qayerda topshirish mumkin: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat Test markazi, Chet tillarni bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasida;
CEER imtihoni: o’tkazilish tartibi
Manzil: 100084, Toshkent shahri, Bogʻishamol koʻchasi, 12-uy;
Telefon: (+998 71) 235-74-85;
Faks: (+998 71) 234-71-84;
elektron pochta: nafl@dtm.uz;
Rasmiy sayt: https://nsfla.uz/.