Toshkent farmasevtika instituti prorektor, dekan hamda professor-o‘qituvchilari Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanidagi 53-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabga tashrif buyurdilar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining 2018-yil 15-oktabrdagi 09-2520-son topshiriq xati ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent farmasevtika instituti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori v.b. A.A.Nurmuhamedov, Farmasevtlar malakasini oshirish fakulteti kafedra mudiri U.Akromov, Dori turlari texnologiyasi kafedrasi mudiri Yo.S.Kariyeva, Analitik kimyo kafedrasi mudiri M.Fatxullayeva, Yangiyo‘l tumanidagi 53-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrif buyurdilar. Ushbu tadbirda 53-sonli maktab o‘qituvchilari hamda maktabning 40 nafar o‘quvchilari ishtirok etdi.
Ushbu tashrifdan ko‘zlangan maqsad o‘quvchi-yoshlarni ilm olishga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirishdir. Uchrashuvni Toshkent farmasevtika instituti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori v.b. A.A.Nurmuhamedov ochib berib o‘quvchi-yoshlarni Toshkent farmasevtika institutining tashkil topishi undagi fakul’tet, yo‘nalishlar bilan tanishtirdi. Institutda dorixonalar uchun farmasevt kadrlarni tayyorlash shu bilan bir qatorda ishlab chiqarish korxonalari uchun farmasevt-texnologlar tayyorlanishi xususida ma’lumot berdi. Shuningdek talabalarning yuqori malakali mutaxassis bo‘lib yetishishlari uchun muntazam ravishda o‘z ustilarida ishlashlari, yuqori natijalarga erishgan talaba-yoshlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi, Ibn Sino nomidagi Davlat stipendiyasi, Islom Karimov nomli Davlat stipendiyalariga sazovor bo‘lishi xususida ham maktab o‘quvchilariga ma’lumot berildi.
So‘ngra o‘quvchi-yoshlarni qiziqtirgan savollarga Farmasevtlar malakasini oshirish fakulteti kafedra mudiri U.Akromov, Dori turlari texnologiyasi kafedrasi mudiri Yo.S.Kariyeva, Analitik kimyo kafedrasi mudiri M.Fatxullayevalar to‘laqonli javob berdilar.
Institut matbuot kotibi
N.L.Usmanova