Talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish.

25.10.2018, 16:21 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2378

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-avgust kuni bo‘lib o‘tgan “Vazirliklar va idoralar xodimlarini tashkiliy ravishda teatrlarga tashrif buyurishini uyushtirish hamda teatrlarning respublika bo‘ylab gastrol safarlarining amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 01-07/1-1231-sonli majlisi bayonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida intsitut miqyosida bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Jumladan Toshkent farmasevtika instituti talabalarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ma’naviy salohiyatini yanada oshirish maqsadida teatr, muzeylar, kino va ko‘rgazmalarga borishi tashkillashtirib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 3 oktabrdagi 8-7-8/1310 – sonli xatiga binoan 2018-yil 24-oktabr kuni Toshkent farmasevtika institutining farmatsiya fakulteti 1-kurs talabalari Abror Xidoyatov nomidagi o‘zbek davlat drama teatriga tashrifi amalga oshirildi.

 

Institut matbuot kotibi

N.L.Usmanova