“Xalqaro innovatsiya haftaligi-2018”

24.10.2018, 23:09 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2277

Dori vositalarini standartlashtirish va sifat menejmenti kafedrasi xodimlari “InnoWeek 2018” deb nomlangan 23-26 oktabr kunlarida rejalalashtirilgan Xalqaro innovatsion-investitsion forumga tashrif buyurishdi. Ushbu tadbir “O’zekspomarkaz” ida bo’lib,bunda O’zbekistonning turli soha mutaxassislari, ishlab chiqaruvchilar, texnologik agentliklar, texnoparklar va biznes inkubatorlar ishtirokida bo’lib, bizning yurtimizdan tashqari Avstriya, Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Italiya, Isroil, Rossiya, Turkiya Qozog’iston kabi dunyoning 30dan ortiq davlatlari, nufuzli xalqaro tashkilot va kompaniya vakillari va ilm fan, innovatsiyalar sohasining yetuk mutaxassislar tashrif buyurishgan. Respublikamizning turli xil viloyatarining Farmasevtika sohasidagi ishlab chiqaruvchilari bilan yaqindan tonishib, ular bilan kelgusida hamkorlikda ishlash rejalashtirildi.