Missuri shtati Vashington shaxridagi Sent Luis universitetiga farmasevtika va tibbiyot yo’nalishlari bakalavr talabalari uchun o’qishga imkoniyat.
Vashingtondagi O‘zbekiston elchixonasi ma’lumotlariga ko‘ra, (ma’lumotlar ilovada), Sent-Luis universiteti (SLU) rektori M.Vrayton va Tibbiyot maktabi dekani R.Vilmott bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralari asosida – tibbiyot, farmasevtika va bioinjeneriya sohasidagi yetakchi Amerika universitetlari bilan ilmiy hamkorlik tashkil qilish rejalashtirildi.
-Amerika tomoni quyidagi takliflarni kiritildi:
-Vashingtondagi universitet va O‘zbekistondagi tegishli universitetlar o‘rtasida talabalar va tadqiqotchilar uchun almashinuv dasturlarini amalga oshirish ya’ni “3 +1” o‘qitish modeli (O‘zbekiston universitetida uch yillik va Sent-Luisda bir yil) o‘qitish,
-O‘zbek talabalari Vashington universitetida 10-hafta yozgi dasturlarida ishtirok etishi (tanlash natijasida);
- Ingliz tilini mukammal biladigan bakalavr, magistratura va Toshkent farmasevtika instituti ilmiy xodimlari Vashingtondagi Sent-Luis Universiteti dasturlarida ishtirok etish uchun nomzodlar tanlab olinadi.
Ushbu imkoniyat to’g’risida batafsil ma’lumot
Xalqaro aloqalar bo’limi