O’qitishning texnik vositalari bo’limi

Qarshiboyev Feruz Egamnazar o’g’li

Ilmiy darajasi va unvoni:

Lavozimi:

Bo’lim boshlig’i

Qabul vaqti:

Dushanba-Shanba (09:00-17:00)

Tel.:

+998712526760

E-pochta:

Veb-sayt:

O’qitishning texnik vositalari bo’limi Toshkent farmatsevtika institutining tarkibiy bo’linmasi hisoblanadi. U 1990 yilda institutning o’quv jarayonini zamonaviy texnik o’quv vositalari bilan ta’minlash maqsadida tashkil etilgan.

O’qitishning texnik vositalari bo’limini dastlab X.B.Siyabekov tomonidan boshqarilgan. U rahbarlik qilgan davrda o’quv jarayonlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng va sifatli foydalanish maqsadida institutning tajribali 10 ta professor-o‘qituvchilarining o‘z fanlari bo‘yicha ma’ruzalarini videotasvirga olinindi. Videotasvirga tushirilgan videokassetalarni kafedralarga oquv jarayonlarida foydalanish uchun taqdim etililgan. Shu bilan birgalikda institutda videokassetalardan iborat “Oltin meros” fondi tashkil etildi. Keyinchalik esa videokassetaga yozib olingan ma’ruzalarni, videokassetadan CD-R lazerli kompakt diskga yozildi va ma’ruzalar yozilgan 155 ta CD-R lazerli kompakt disklar o’quv jarayonida foydalanish uchun institut kutubxonasiga taqdim etildi.

O’qitishning texnik vositalari bo’limi respublikamizdagi ko’plab oliy o’quv yurtlarida bo’lgani singari 2018-2019 o’quv yilidan boshlab qaytadan tashkil etildi. Bugungi kunda oliy ta’lim muassasalarida darslarni zamonaviy va talab darajasida tashkil etish zamon talabi xisoblanadi. Shuning uchun institut rahbariyati tomonidan ma’ruza va amaliyot mashg’ulotlarida foydlanish uchun axborot-telekommunikatsiya vositalari jumladan: videoproektor, LCD monitor kabi qurilmalar dars jarayonlariga keng joriy etilgan. Respublikamiz va xorijiy mamlakatlarning nufuzli universitetlari bilan videokonferensiyalar o’tkazib borishning texnik ta’minoti bo’lim xodimlari tomonidan amalga oshirilmoqda.

2018-2019 o’quv yilida bo’limga I.Karimov raxbarlik qilgan. 2019 yil sentyabr oyidan boshlab O’qitishning texnik vositalari bo’limini F.Qarshiboyev boshqarib kelmoqda. Hozirgi kunda bo’lim 2 ta shtat birligida 1 ta bo’lim boshlig’i, 1 ta texnik lavozimlari bilan o’z faoliyatino olib bormoqda.

O’qitishning texnik vositalari bo’limining vazifalari quyidagilardan iborat:

  • Institutda multimedia vositalari jumladan: video proektor, LCD monitor audio mikrofon, video va foto apparatlarga paydo bo’layotgan taxdidlar to’g’risida o’z vaqtida institut rahbariyatini xabardor qilish, shuningdek, ularni muhofaza qilish bo’yicha konsultatsiya xizmatlari ko’rsatish;
  • Institutda mavjud multimedia vositalaridan to’g’ri foydalanishni nazorat qilish, multimedia vositalarini texnik ko’rikdan o’tkazib turish va ta’mirlash ishlarini tashkil qilish;
  • Bo’lim texnik operatorlari ishini nazorat qilish;
  • Institutda mavjud bo’lgan multimedia vositalari zahirasini zamonaviylari hisobiga oshirish va mavjudlarini takomillashtirib borish;
  • Multimedia vositalarni ruxsat etilmagan modifikatsiyalashtirish hamda yo’qotishlardan himoyalash, ruxsat etilgan foydalanuvchilar uchun multimedia vositalari foydalanish imtiyozini berish.

Multimedia vositalari bilan ishlagan foydalanuvchilarni bo’lim jurnalida ro’yxatdan o’tkazish hamda foydalanuvchining xatti-harakatining to’g’riligini ushbu jurnalni davriy tahlili asosida nazoratda ushlash.

Bugungi kunda bo’limda quydagi xodimlar faoliyat yuritmoqda:

 

F.I.SH. Qarshiboyev Feruz Egamnazar o’g’li

Lavozimi: Bo’lim boshlig’i

Tug‘ilgan vaqti: 03.09.1994

Telefon: +99871 252-67-60

e-mailtfiatm@pharmi.uz

 

F.I.SH. Serikov Batirxan Abduraxmon o‘g‘li

Lavozimi: Texnik

Tug‘ilgan vaqti: 10.12.1998

Telefon: +99871 252-67-60

e-mailtfiatm@pharmi.uz

 

20.12.2019, 10:26   3804