Kanada Sog‘liqni saqlash vazirligi va Onkologiya komitetida farmakoiqtisodiyot yo‘nalishi hodimi i.f.d. Djalalov Sandjar Chingizovich bilan suxbat.
Toshkent farmasevtika institutining “Farmasevtika ishini tashkil qilish” kafedrasida kadrlarni tayyorlash sifatini oshirish borasida bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, kafedraga 11 yil davomida Kanadaning Sog‘liqni saqlash vazirligi va Onkologiya komitetida farmakoiqtisodiyot yo‘nalishida faoliyat olib borgan i.f.d. Djalalov Sandjar Chingizovichni ishga taklif qilindi.
Djalalov Sandjar Chingizovich sog‘liqni saqlash texnologiyasini baholash va budjet mablag‘laridan oqilona foydalanish, natijalarni modellash asosida budjetni rejalashtirish borasida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borgan. Bir necha kasalliklar jumladan, alsgeymer kasalligi, sut bezi va o‘pka raki kasalliklari, chekishni to‘xtatish, 1tip diabet va oyoq venoz kasalliklari ustida farmkoiqtisodiy tadqiqotlar olib borgan.
Shu bilan birga, Djalalov Sandjar Chingizovich Yaponiyaning Vaseda universitetida ilmiy xodim sifatida faoliyat yuritgan, JSSTda MDX bo‘yicha sog‘liqni saqlash texnologiyasini baholash borasida maslahatchi qilib tayinlangan.
Bugungi kunda Djalalov Sandjar Chingizovich “Farmasevtika ishini tashkil qilish va boshqarish” magistratura mutaxassisligida tahsil olayotgan 1-2 kurs magistratura talabalari uchun “Farmakoiqtisodiyot” fanidan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarni yuqori saviyada olib bormoqdalar.