Farmatsevtika ishini tashkil qilish kafedrasining talabalar turar joyida kafedra kuni o‘tkazildi.

11.06.2018, 17:17 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2828

Talabalar turar joyida “Kafedra kunlari” tadbirlari samaradorligini yanada takomillashtirish to‘g‘risida 2018-yil 17-apreldagi 255-sonli Toshkent Farmatsevtika institutining buyrug‘ini ijrosini ta`minlash maqsadida, 2018-yil 7-iyun kuni Farmatsevtika ishini tashkil qilish kafedrasining professor o`qituvchilari tomonidan talabalar turar joyida yashovchi talabalarga institut Yoshlar markazida kafedra kuni o‘tkazildi. Tadbirda kafedra mudiri Sh.Z.Umarova, kafedra dotsentlari: Z.Sh.Hidoyatova, M.N.Ziyayeva, H.J.Qambarov, N.D.Suyunov, G.M.Ikromova, katta o`qituvchilar: G.E.Sodiqova, B.S.Temirov, N.A.Sodiqova, kafedra assistentlari: M.M.Shokirov, Sh.T.Aripov, M.T.Azimova, D.B.Raxmatjonova, N.X.Rajabova, F.X.Ismailova va talabalar ishtirok etdilar.

Tadbirni dotsent Sh.Z.Umarova ochib berdi, talabalarga kafedra tarixi, kafedra rivojlanishiga o`z hissasini qo`shgan professor-o`qituvchilar haqida ma`lumotlar berildi. So`zni kafedra assistenti N.X.Rajabova davom ettirib, talabalarga kafedrada o`tiladigan mutaxassislik fanlari, kafedraning ilmiy izlanish yo`nalishlari, chop etilgan darsliklar va kafedrada o`tkazib kelinayotgan madaniy-ma`rifiy tadbirlar to`g`risida prezintatsiya ko`rinishida talabalar e`tiboriga havola etildi.

Dotsent M.N.Ziyayeva talabalarga kafedradagi eng so`nggi yangiliklar bilan tanishtirmoqda.

Farmatsevtika ishini tashkil qilish kafedrasi professor- o`qituvchilari talabalar turar joyida yashovchi talabalar davrasida

Talabalarga kafedra xodimlari muborak Ramazon oyi munosabati  bilan iftor dasturxoni tashkillashtirildi.

Mehr-oqibat ramzi- bu birlik.