Umumta’lim maktablar bilan hamkorlik

26.05.2018, 17:07 Institut yangiliklari, Yangiliklar 3078

Toshkent Farmatsevtika instituti rektori, professor I.I.Alimdjanovning “Toshkent farmatsevtika instituti va umumta’lim maktablari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash to‘g‘risida”gi 219-sonli buyrug‘ining ijrosini ta’minlash maqsadida Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri K.K.Ismailov va bir qator  katta o’qituvchilar: Yu.Husanboyeva, G.Xoshimova, S.Yuldasheva, N.Yusupovalar bilanYashnobod tumanidagi 69-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrif buyurdilar. Maktab rahbariyati va o’qituvchilari bilan yaqindan tanishib, kelgusi rejalar yuzasidan bir qancha fikrlar almashildi. Jumladan o’qituvchilarning pedagogik faoliyati, o’quv faoliyatini tashkiliy masalalari, zamonaviy ta’lim texnologiyalar yuzasidan  ma’lumotlar zarurligi ta’kidlanib o’tildi.