75-Talabalar ilmiy anjumani
23-may kuni Toshkent farmatsevtika institutida “Faol tadbirkorlik, innovatsion g`oyalar va texnologiyalarni qo`llab-quvvatlash yili”ga bag`ishlangan talabalar ilmiy jamiyatining 75-ilmiy anjumani bo`lib o`tmoqda. Anjumanda iqtidorli talabalar o`zlarining og`zaki va devoriy ma`ruzalari bilan ishtirok etishmoqda. Anjuman keng doirada, ya’ni 8 ta maxsus ajratilgan bo‘limlarda:
1. Dori turlari texnologiyasi va farmatsevtika ishini tashkil qilish;
2. Farmatsevtik kimyo va farmakognoziya;
3. Sanoat farmatsiyasi;
4. Kimyo fanlari;
5. Tibbiy–biologiya fanlar;
6. Biotexnologiya va fizika, matematika va axborot texnologiyalari;
7. Tillar;
8. Ijtimoiy fanlar
bo’limlarida yuqori saviyada o’tkaziladi. Barcha talaba yoshlarga omad tilaymiz.