Hamkorlik davom etmoqda. Maktabda “Ingliz tili” oyligi
Toshkent Farmatsevtika instituti rektori, professor I.I.Alimdjanovning “Toshkent farmatsevtika instituti va umumta’lim maktablari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash to‘g‘risida”gi 219-sonli buyrug‘ining ijrosini ta’minlash bo‘yicha kafedralarda qator ishlar qilinmoqda. 2018-yilning 19-may kuni Tillar kafedrasining bir guruh ingliz tili o‘qituvchilari M.Umarova, N.Kenjayeva, SH.Temirova, rus tili o‘qituvchisi M.Osmonova va kafedra mudiri S.M.To‘ychiyeva Yunusobod tumanidagi 260-maktabda ingliz tili fanidan tashkil etilgan ochiq darslarda ishtirok etishdi. Darslarni maktabning ingliz tili o‘qituvchilari X.Nosirova, M.Xasanova va A.Bezukladnikovalar olib borishdi. Bolajonlar ingliz tilida o‘zlari tayyorlab kelgan ma’lumotlar, she’rlar, kichik sahnalar va ashulalarni maroq bilan aytib berishdi. Ochiq darslardan so‘ng o‘zaro muhokamada ushbu hamkorlikni yanada mustahkamlash haqida kelishib olindi. O‘tkazilayotgan tadbirlar va hamkorlik yuzasidan maktab direktori G.M.Kim “Ma’rifat” gazetasiga intervyu berdi.