Hayrli ishlarning bardavomiyligi

08.05.2018, 13:45 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2563

2018yil 4-may kuni institut Dori turlari texnologiyasi kafedrasi assistenti, farmatsevtika fanlari doktori Sharipova Irodaxon Shavkatovna va farmatsiya fakulteti 2-kurs 3-guruh talabalari hamda farmatsiya fakulteti 1-kurs 2/2-guruh talabalari hamda guruh murabbiysi Ashurova Nigora Xayitovna boshchiligida Toshkent viloyati Zangiota tumani “Tokzor” mahallasi 2-tor Bobur ko‘chasi 28-uyda istiqomat qiluvchi 1guruh nogironi bo‘lgan Qo‘ziboyeva Dilbar Abdurashidovna xolidan xabar olindi. Shuningdek, talabalar va guruh murabbiysi tashabbusi bilan 1-guruh nogironi bo‘lgan Qo‘ziboyeva Dilbar Abdurashidovnaga kerakli dori – darmonlar va oziq-ovqat maxsulotlari taqdim etildi. Shuningdek, xonadon egasi bilan bo‘lgan suhbatda yurtimizda mehr-oqibat, hamjihatlik, insoniylik, bag‘rikenglik va xayr-saxovat muhitini yanada mustahkamlash, yosh avlodni milliy an’analarimizga sadoqat va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida kamol toptirish hamda mahalla faollari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar xususida to‘xtalib o‘tildi. Hamda o‘zbek xalqiga xos bo‘lgan qadriyatlar, ezgu amallar, hayr-ehson singari fazilatlarning yoshlar o‘rtasida targ‘ib etilishi tahsinga loyiqligi qayd etildi. Bu kabi xayriya tadbirlari natijasida talabalarda shkuronalik tuyg‘ularini, ota-onalari tomonidan yaratib berilayotgan imkoniyatlarga qanoatlanish tuyg‘ularini shakllantirish barobarida insonga ato etilgan yashash baxtining naqadar aziz ekanligini anglashga erishildi. Tashrif jarayonida Toshkent viloyati Zangiota tumani “Tokzor” mahalla raisi SH.Komilova hamrohlik qildi. Toshkent viloyati Zangiota tumani “Tokzor” mahalla raisi tomonidan institut rektori professor I.I.Alimdjanov va tadbir ishtirokchilariga tashakkuronoma taqdim etib, bu kabi tadbirlarning davomli bo‘lishini qayd etishdi.

    

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi