Farmatsevtik kimyo kafedrasida «Dorixonada tayyorlangan dori turlari tahlili. Ekspress tahlil usullari» mavzusidagi ochiq ma’ruzasi bo‘lib o‘tdi.

05.05.2018, 17:34 Institut yangiliklari, Yangiliklar 3888

2018-yil 5-may kuni “Farmatsevtik kimyo” kafedrasi dotsenti I.M.Iminovaning 5-kurs 2-oqim talabalariga (5/1,8,9-guruxlar) DVZTU fanidan «Dorixonada tayyorlangan dori turlari tahlili. Ekspress tahlil usullari» mavzusidagi ochiq ma’ruzasi bo‘lib o‘tdi.

Dorixonada ishlab chiqariladigan barcha turdagi yuqori sifatli dori turlari aholini va davolash profilaktika muassasalarini ta’minlash uchun  qaratiladi. Dori vositasini tayyorlanishining texnologik boskichlari yuqori darajada olib borilishi, sanitariya va farmatsevtika qoidalariga rioya qilinishi, dorixona ichki sifat nazorati to‘g‘ri va aniq olib borilishi, tayyorlangan dorini saqlanishi va chiqarilishi to‘g‘ri yuritilishi natijasida sifatli dori darmonlar chiqariladi. Shu munosabat bilan «Dorixonada tayyorlangan dori turlari tahlili. Ekspress tahlil usullari» mavzusidagi ma’ruzaning o‘qilishi aholini bezarar, faol va sifatli dori vositalari bilan ta’minlashda katta ahamiyatga egadir.